Misrning Şimoliy Sinay viloyatidagi masjid yaqinida portlaş amalga oşirilişi tufayli 2 kişi halok böldi va 5 kişi tan jarohatlari oldi.
Huquqni muhofaza qiliş organlari ma'lumotiga köra, bu terakt El-Ariş şahridagi masjid oldida qölda yasalgan bomba harakatga keltirilişi orqali amalga oşirilgan.
Uşbu terakt tufayli qurbon bölganlarning biri politsiyaçi, yana biri tasodifiy yölovçi böldi.
Sentyabr oyi oxirida Misr hukumati Sinayni jangarilardan tozalaş amaliyotlarini ötkazgandi.






