Nyu-Yorkning Tayms-Skverida joylaşgan Knickerbocker beş yulduzli mehmonxanasida ikki dollar evaziga bir kun yaşaş mumkin. Bu haqda mehmonxona saytida ma'lum qilingan.

Aktsiya mehmonxonaning 109 yillik sanasi munosabati hamda binoning ta'mirdan çiqişi munosabati bilan uyuştirilmoqda. Aktsiyadan faqatgina bir kunlik yaşaş uçun foydalansa böladi. Qiymat tasodifiy tanlanmagan. Çunki mehmonxona ilk marta işga tuşganida uning egalari kelganlardan aynan şunça qiymatda narx söraşgan.

Aktsiyada qöyilgan xonalar miqdori çegaralangan. Taklif 16 oktabr kunidan işga tuşadi. Xonalarni band qiliş 23 oktabr, mehmonxona oçilgan kunga qadar davom etadi. Xonalarni band qiliş uçun mehmonxona saytiga kirib röyxatdan ötiş hamda nomerni bron qiliş mumkin.

Ma'lumot uçun, Knickerbocker “Titanik”da halok bölgan Jon Jyeykob Astoro IV tomonidan 1906 yilda foydalanişga topşirilgan.