Pokistonning Narkotiklarga qarşi kuraş boşqarmasi ötgan moliyaviy yil (2014 yilning 1 iyulidan 2015 yil 30 iyuniga qadar) davomida umumiy qiymati 5,7 trln rupiy ($54 mlrd)ni taşkil etuvçi 354,54 tonna taqiqlangan preparatlarni olib qöydi, deya xabar bermoqda TASS.

Bu haqda giyohvand moddalarga qarşi kuraş boşqarmasining rasmiy murojaatida keltirib ötiladi.
Şuningdek, narkotik moddalar savdosida iştirok etgan 42ta jinoiy guruh faoliyati foş etilib, 1,6 ming kişi hibsga olindi. Qölga olinganlarning beş nafari ölim jazosiga tortilgan bölsa, 65 nafari umrbod qamoqqa hukm qilindi. Yana 556 nafari turli muddatlarda ozodlikdan mahrum etilgan, qolganlari esa ayni paytda sud hukmini kutişmoqda.

Ötgan davr mobaynida narkofuruşlardan 14 tonna geroin, 164 tonna çaras (naşaning bir turi), 1,3 tonna morfin, 54 tonna opium, 30 tonna kokain, 1,8 tonna amfitamin, 707 kg marixuana olib qöyilgan. Hammasi bölib 240 tonna giyohvand moddalar hamda 105 tonna narkotik vositalar va psixotrop moddalar tayyorlaşda işlatiladigan kimyoviy reagentlar musodara qilingan.

Avvalroq BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi Pokiston bilan çegaradoş Afğonistonda opium dalalari maydoni rekord darajadagi 209 ming gektarga ortganini ma'lum qilgan edi. Pokiston Narkotiklarga qarşi kuraş boşqarmasining qöşimça qilişiça, 2013 yilda mazkur mamlakatda opiy yetiştiriş yiliga 49 foiz ortib, 5,5 ming tonnaga yetgan.