Warner Bros. va Legendary kinostudiyalari Godzilla va ulkan gorilla King-Kongni birlaştirgan filmni 2020 yilda taqdim etadi. Bu haqda Variety naşri studiya bergan bayonotga tayanib xabar tarqatdi.

«Godzilla King-Kongga qarşi» filmida kinoişqibozlar nafaqat mazkur gigant qahramonlarga duç kelişadi, balki yangi masştabdagi hodisalarga ham guvoh bölişadi, deb va'da bermoqda prodyuserlar.

Warner Bros va Universal Legendary studiyalari hamkorligida işlanadigan birinçi film «King-Kong: Kalla suyagi oroli» («Kong: Skull Island» ) kartinasi (kinoprokatlarga 2017 yil 10 martda çiqariladi) va «Godzilla-2» (kinoprokatlarga 2018 yil 8 iyunda) filmlari böladi.

Garet Edvardsning «Godzilla» (2014) fantastik boyeviki jahon kinoprokatlarida 529 mln dollar daromad keltirgan.