2015 yilning 11 oktabr kuni Belarusda navbatdagi prezident saylovlari bölib ötdi. Aleksandr Lukaşenko yana prezident etib saylandi. U mazkur lavozimga 1994 yilda ilk marotoba kelgan.
Uning monarxiya boşqaruv tizimini xuş körişi töğrisidagi fikrlar tez-tez quloqqa çalinmoqda, hatto uning vorisi ham bor, 2008 yildan beri uning öğli Nikolay hamma yerga otasi bilan birga taşrif buyuradi. Sönggi vaqt davomida u Xitoy interneti yulduziga aylaniş, BMT Boş Assambleyasi sessiyasiga boriş, Jyerar Deparde bilan öt öriş, styuardessani tişlab oliş va oltindan işlangan töpponçani sovğa sifatida qabul qilib olişga ulgurdi.
Amerika prezidentining mehmoni

1 oktabrda internetda surat paydo böldi: Nikolay Lukaşenko nafaqat Boş Assambleyadagi çiqiş vaqtida, balki Amerika prezidenti Baraka Obamaning qabulida ham otasi bilan birga edi.
Tuğiliş tilsimi

Nikolay Lukaşenko Aleksandr Lukaşenkoning uçinçi öğli, u 2004 yilning 31 avgustida nikohdan taşqari tuğilgan. Lukaşenko uni 2007 yilda tan olgan, biroq Kolyaning onasi kim ekanligi hanuz noma'lum. U belaruslik prezidentning sobiq şaxsiy vraçi Irina Abelskaya edi, degan fikrlar bor. Biroq tabiiyki, buni Lukaşenkodan bevosita söraşga heç kim botina olmaydi.
Ğaroyib inson

Aleksandr öğli töğrisida 2007 yildan boşlab oçiq gapira boşladi. Öşa vaqtda u öğlini ğaroyib inson deya atadi va katta öğillariga umid qilmasligi, ularni vorislari deya hisoblamasligini aytdi. Kolya esa uning fikriga köra, prezident bölişi mumkin. Kolya öşa vaqtda bor-yöği uç yoşda edi, şunga qaramay, Lukaşenko özining fikrlarini qörqmay bildira oldi. “Juda harakatçan, nokamtarlik uçun uzr, juda aqlli. U 5 yoşida, hali 5 yoşga ham tölmagan, biroq hamma narsani tuşunadi, qayerda nima mumkin, nima mumkin emas biladi. Şuning uçun bilasizmi, qöpol qilib aytganda, u mening tumorim, şuning uçun hamma yerda özim bilan birga olib yuraman”, - degan edi Belarus prezidenti.
Suratda: 29.09.2009. Belarus. Brest. Nikolay “Ğarb 2009” tezkor-strategik öquv-maşqlarining sönggi bosqiçida Brest oblastining “Obuz-Lesnovskiy” poligonida
Murakkab xarakter

Kolyaning murakkab xarakteri töğrisida afsonalar bor. Bu esa nima uçun u doim rasmiy va ommaviy tadbirlarda otasi bilan birga ekanligini qisman tuşuntiradi. Özining intervyularidan birida Aleksandr Lukaşenko öğlini heç kim bilan qoldira olmasligi, u faqat otasigagina quloq solişini aytgandi.
Nikolay 2008 yilning aprel oyida omma oldida ilk bora paydo bölgan. “Kuz 2008” öquv-maşqlari paytida u otasi bilan ma'ruzalarni qabul qilib olgan, bir yil ötgaç esa “Ğarb 2009” harbiy maşqlar vaqtida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Kolyaga oltin töpponça hadya qildi. Köplab suratlarga qaraganda, uşbu töpponça doim Kolyaning yonida.
Yoqimsiz hodisa

Nikolay Lukaşenkoning murakkab xarakteri töğrisida afsonalar bor. OAV bergan xabarlarga köra, u bir kuni samolyot eşigini yopişga ruxsat bermaganligi uçun styuardessani tişlab olgan. Jahli çiqqan bola: “Vazir bölsam, seni otib taşlayman”, deya baqirgan.
PR-kampaniya

Ba'zi OAVlar Nikolayning Belarus siyosiy maydonida paydo bölişi Lukaşenkoning britaniyalik jamoa bilan işlovçi mutaxassis Timoti Bell öylab topgan Ğarbdagi PR-kampaniyasining bir qismidir.
Otaning tarbiyasi

Financial Times hamda Frankfurter Allgemeine Zeitung naşrlariga bergan intervyusida Aleksandr Lukaşenko öğli Nikolayni qay tarzda tarbiya qilayotgani haqida şunday degan edi: Kolya bir yoşga tölganida, men uni qölidan uşlab, buğxonaga olib bordim, tabiiyki, u yiğladi. Endilikda esa buğxonada u 100 gradusga teng bölgan, hovuzda esa 28 gradus haroratga çiday oladi. Bunga qöşimça tarzda u muz vanna ham qabul qila oladi.
Keyinçalik matbuot konferensiyasida Lukaşenko uyda internet tufayli böladigan mojarolar haqida gapirgan: “Mening 6 yoşli öğlim uyda bir pasda internetga “kirib ketadi”. Men unga kitoblar beraman. Bu jarayon esa mojarogaça boradi”.
Yana şunisi ma'lumki, Lukaşenko öğlini “jajjivoy” deb ataydi.
Voris

2012 yilda Venesuelaga qilgan taşrifida Aleksandr Lukaşenko bir neça yillardan keyin öğli Belarus prezidenti bölişini aytgan. Kimdir buni hazil deya qabul qildi, biroq Lukaşenko bu fikrini yana bir bor takrorladi, bundan taşqari, inson prezident bölib tuğilmaydi, prezident bölib yetişadi deya qöşimça qildi.
Beçora Kolya

“Belarus qöşma fuqarolik partiyasi” rahbari Anatoliy Lebedkoning 2012 yilda bergan intervyusida Belarusda Nikolayga qanday munosabatda ekanliklari ma'lum böldi: “Belarusda bu hammaning ğaşini keltiradi. Nikolayga açinişadi, odamlar şunday deyişadi: “Beçora bola”. Generallarning unga çest berişi esa masxaraga aylangan.
Suratda: 26.09.2013. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko öğli Nikolay bilan bilan “Gojskiy” “Ğarb-2013” harbiy öquv maşqlarining yakuniy bosqiçida.
Rasmiy taşriflar

Özining 11 yoşida Nikolay Lukaşenko Vladimir Putin, Viktor Yuşçenko, Dmitriy Medvedev, Mişel va Barak Obama va hatto Rim papasi Benedikt XVIni taniydi. Ilk uçraşuvlar bolakay uçun qiyin keçgan, u çalğir edi, zerikardi, otasini çalğitar, tizzasiga ötirib olar, ba'zida esa otasining çiqişi vaqtida uning sözini bölib, uyga ketişni sörardi.
Suratda: 07.02.2014. Armaniston prezidenti Serj Sargsyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko öğli bilan Soçida bölib ötgan qişki Olimpiada öyinlarining oçiliş vaqtida
Kolyaning ta'tillari

Nikolay Lukaşenko tez-tez sayohat qilişiga qaramay, otasining sözlariga qaraganda, bu uning maktabdagi darslariga xalaqit qilmaydi.
Suratda: 12.08.2015. Aleksandr va Nikolay Lukaşenko Pokiston boş vaziri Navaz Şarif va uning rafiqasini kutib olmoqda.
“Mitti şahzoda”

Aleksandr Lukaşenko yana bir bora öz öğlini Pekinga Ğalabaning 70-yilligini nişonlaş marosimiga olib bordi. Nikolay xitoylik internet foydalanuvçilarini zabt etdi, ular Kolyani “mitti şahzoda” deya nomladilar, “belaruslik prezident öğli” heştegi xitoylik internet segmenti çöqqisini egalladi.
Nyu-Yorkka sayohat

BMT Boş Assambleyasining 2015 yil 29 sentabrda bölib ötgan yiğilişida Nikolay Aleksandr Lukaşenkodan keyingi yana bir vakilga aylandi. U zalda delegatsiya tarkibida taşqi işlar vaziri va matbuot kotibi örtasida ötirdi. Bundan taşqari, Nikolay otasi bilan “11 sentabr” yodgorligiga taşrif buyurdi.






