Xitoyning Tszyansi va Guandun viloyatlari aholisi osmonda ğaroyib hodisaning guvohi bölişdi va buni kameralarga qayd qilişdi: osmonda bulutlar orasida suzib yurgan osmonöpar binolar tasviri körindi. Birinçi marta bunday holat oktabr boşida Guandun viloyatining Foşan şahrida, bir neça kundan keyin esa Tszyansida kuzatilgan.
Olimlar bu holatni ufq çiziği ortida joylaşgan fizik obektlarni köriş imkonini beruvçi atmosferada yoruğlik akslanişining öziga xos şaroitlari bilan tuşuntirdilar.
Olim bölmaganlar esa turli, hattoki fantastik gipotezalarni keltirişmoqda. Misol uçun, ularning fikriça, suzib yuruvçi şaharlarning paydo bölişi NASA’ning “Kök nur” maxfiy dasturining natijasi bölib, bu dastur AQŞga raqobatçi davlatlardagi tuzumlarni u yerdagi aholining ruhiyatiga ta'sir qilib, ağdarişga yordam berişga qaratilgan.






