Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 15 oktabr kuni röy bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.
Samsung yangi Tizen-smartfonini rasmiy ravişda taqdim qildi>>

Samsung mavjud operatsion tizim asosida yasalgan yangi Z3 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Samsung Mobile saytida ma'lum qilingan.
Suares Messiga gnom tasviri bor pijama sovğa qildi>>

"Barselona" hujumçisi Lionel Messi öz jamoadoşidan ajoyib pijamani sovğa sifatida olganini ma'lum qildi.
Nyu-Yorkdagi beş yulduzi mehmonxona kuniga ikki dollar evaziga xonalar bermoqda>>

Nyu-Yorkning Tayms-Skverida joylaşgan Knickerbocker beş yulduzli mehmonxanasida ikki dollar evaziga bir kun yaşaş mumkin. Bu haqda mehmonxona saytida ma'lum qilingan.
Amerika fuqarosi köproq “layk” yiğaman deb 3 yoşli öğlining ölimini sahnalaştirdi>>

Amerikalik taniqli pranker Roman Atvud turmuş örtoğini maksimal darajada qörqitiş va YouTube`da köproq “layk” töplaş uçun uç yoşli öğlining ölimini sahnalaştirdi.
Eritreya terma jamoasi futbolçilari Botsvanadan siyosiy boşpana söraşdi>>

Futbol böyiça Eritreya terma jamoasining 10 nafar a'zosi 2018 yilgi JÇ uçun saralaş bosqiçi doirasida Botsvanaga qarşi keçgan safar uçraşuvidan keyin vatanga qaytişni istaşmadi. Ular Botsvana hukumatidan siyosiy boşpana söraşgan.
Yozda özining kasodga uçraganini ma'lum qilgan 50 Cent dollar taxlamlari bilan fotosessiya uyuştirdi>>

14 oktabr kuni 50 Cent Instagramdagi sahifasiga özining köplab naqd pul taxlamlariga "kömilgan" holatlari aks etgan suratlarini joylaştirdi. Mashable naşri bu holatga e'tibor qaratdi va bu reper şu yilning iyul oyida bankrotlik e'lon qilgani haqida eslatib ötdi.
OAV: Emirates Jyennifer Eniston tuşgan reklamani himoya qilmoqda>>

Emirates aviakompaniyasi aktrisa Jyennifer Eniston tuşgan snobistik reklamani himoya qilmoqda. Bu haqda Fox News naşri yozmoqda.
Kun fotosi: Qibrayliklar NUJni suratga olişdimi yoki bu fotoşopmi?>>

Feysbuk ijtimoiy tarmoğida Toşkent viloyati, Qibray tumanida istiqomat qiluvçi Baxtiyor Usmonov ismli foydalanuvçi tomonidan joylaştirilgan surat şov-şuvlarni keltirib çiqardi.
Levandovski Ginness rekordlari kitobiga kiritildi>>

Myunxenning "Bavariya" klubining polşalik hujumçisi Robert Levandovski eng qisqa vaqt oraliğida - ya'ni bir öyinda uç, tört va beşta gol urgan öyinçi sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda Germaniyadagi Bild naşri xabar tarqatdi.
iOS 9 operatsion tizimiga "djyeylbreyk" çiqdi>>

Pangu dasturçilari internetga iOS 9 operatsion tizimining ilk "djyeylbreyk"ini joylaşdi. Bu jarayonni faqatgina Windows tizimida işlaydigan kompyuterda amalga oşiriş mumkin. Buning uçun dastlab Find my iPhone funksiyasi hamda ekranni bloklovçi parolni öçiriş kerak böladi.
LADA Markaziy Osiyo va Möğiliston bozoriga qaytmoqçi>>

LADA avtomobillari Özbekiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Möğiliston bozoriga qaytmoqda. Bu haqda 15 oktabr kuni AvtoVAZ matbuot xizmati xabar qildi.
"AvtoVAZ va "BIPEK AVTO" mazkur bozorlarda hamkorlikda faoliyat olib borişga kirişdi.
Alişer Usmonov kibersport sohasidagi loyihaga 100 mln dollar kiritmoqçi>>

Alişer Usmonovga tegişli USM Holdings xoldingi kibersport sohasida Rossiyadagi yirik uyuşmalardan biri hisoblangan Virtus.pro kompaniyalar guruhini rivojlantirişga investitsiya kiritmoqçi. Kompaniya xabarida keltirilişiça, USM va uning şeriklar loyihani rivojlantiriş uçun investitsiya miqdorini 100 mln dollargaça oşirişi mumkin.
Şaharlarning ofis ijarasi narxlari böyiça reytingi e'lon qilindi>>

Knight Frank kompaniyasining maxsus tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Unda şaharlarning ofislarni ijara beriş narxlari böyiça reytingi aks etdi. Tadqiqot 2015 yil 2-çoragi körsatkiçlari asosida tayyorlandi.
Daniyadagi hayvonot boğida şerni bolalar köz öngida tilkalaşdi>>

Daniyaning Odense şahridagi hayvonot boğida kuppa kunduzi şer murdasini söyib, bölaklarga ajratişdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bergan.






