Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengaşining yiğilişi çoğida qozoğistonlik milliarder va diplomat Bölat Ötemuratovni noqulay vaziyatga solib qöydi.

Facebook ijtimoiy tarmoğiga joylaştirilib, keng muhokama qilinayotgan videolavhadan ma'lum bölişiça, qirğizistonlik hamkasbi Almazbek Atambayevni kutib turgan Nazarboyev oldiga Ötemuratov yaqinlaşib, birga selfi tuşişni taklif qildi. Ammo milliarder endi çöntagidan qimmatbaho iPhone’ini çiqarib, suratga tuşiriş uçun uni kötarayotganida Nazarboyev qöli bilan çap yonidagi Ötemuratovni çetga surib taşladi va heç narsa bölmaganday kutişda davom etdi.

Davlat rahbari bilan selfi tuşiş harakati muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan sobiq xavfsizlik kengaşi kotibi miyiğida jilmaygança smartfonni çöntagiga joyladi va kamera obektividan qoçib ketdi.