Rossiya 2017 yilni MDH davlatlarida Oila yili deb e'lon qilinişini taklif qildi. Bu haqda RF Vladimir Putin MDH Davlat rahbarlari kengaşi majlisida ma'lum qildi, deb yozadi TASS.
«Hamdöstlik mamlakatlari örtasidagi gumanitar aloqalarni yana mustahkamlaş uçun 2017 yilni MDHda Oila yili deb e'lon qilinişi yordam beradi deb öylayman», - deya ta'kidladi Rossiya prezidenti.
Putinning sözlariga köra, yillarning tematik nom ostida ötkaziş amaliyoti ijobiy samara berdi. Rossiya rahbari misol sifatida 2016 yilning Ta'lim yili bölişini eslatib ötdi.
Umuman olganda, gumanitar hamkorlikni mustahkamlaşni, Putin, MDHning an'anaviy ustuvor yönalişlardan biri ekanini ta'kidlab ötdi.
«Yorqin loyihalardan biri sifatida «Mustaqil davlatlar hamdöstligining madaniy poytaxti» dasturini körsatiş mumkin. Bu xalqlarimizning an'analari bilan tanişiş va turizmni rivojlantiriş uçun xizmat qiladi», dedi RF yetakçisi.
Putin bu yilgi «Madaniy poytaxt» sifatida Tojikistonning Kölob va Rossiyaning Voronej şaharlari ekanini eslata turib, 2016 yilda Turkmanistonning Toşhovuz şahri 2016 yilgi madaniy poytaxt bölişi qöllab-quvvatlaşini ta'kidlab ötdi.






