Qirğiziston ICANN (domen nomlari va IP-manzillarni boşqariş böyiça notijoriy korporatsiya)ga kirill alifbosidagi .kr domenini oliş böyiça ariza taqdim etdi. Bu haqda KirTAG Qirğiziston Transport va kommunikatsiya vaziri örinbosari Ernis Mamirkanov ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.

“Vazirlik nima sababdan Kirnet rivojlanmayotgani, qirğiz tilidagi saytlar ommaviy emasligi borasida blits-tahlil ötkazib kördi. Ma'lum bölişiça, mintaqalar aholisi lotin tilini unçalik yaxşi bilmaydi. Şuning uçun biz ICANN`ga kirilçadagi domen oliş uçun murojaat qildik”, - dedi vazir örinbosari.

Uning sözlariga köra, korporatsiya lotin tilidagi kp domeni mavjudligi, uni kirill alifbosidagi domen bilan almaştirib qöyişlari mumkinligi töğrisida ogohlantirgan. “Biroq kirilçadagi domen asosan Qirğiziston hududida qöllaniladi”, - dedi E.Mamirkanov.