Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada IŞIDga qarşi kuraş olib boriş uçun yagona harbiy baza taşkil etadi. Bu haqda RF Qurolli kuçlari boş ştabi rahbar örinboasri general-polkovnik Andrey Kartapolov “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Mazkur baza öz tarkibiga dengiz, havo, quruqlik harbiy kuçlarini qamrab oladi.
Rossiyaning Örta Yer dengizidagi harbiy kemalari birinçi navbatda zarur moddiy-texnik baza bilan ta'minlaşga hamda u yagona bazani havo hujumidan himoyalaşga mas'ul ekanligi ta'kidlanmoqda.
RF mudofaa vazirligi mas'uli hozirda terrorçilar saflarida taxminan 40-50 ming jangçi borligini ma'lum qildi.
Şuningdek, Andrey Kartapolov RF boş ştabida hozirga qadar Suriya hududida Yevropa va AQŞ tomonidan nomlanayotgan “mö'tadil muxolifat” vakillari topilmaganini ta'kidlagan.






