UNIStream xalqaro tölov tizimining 2015 yilning yanvar-iyun oylari uçun aylanmasi 100 mlrd rublga yetdi hamda 2014 yilning şu davriga nisbatan 20 foizga oşdi. Bu haqda tölov tizimining operatori bölgan “Yunistrim” bankida ma'lum qilindi.
UNIStream tizimida yilning 2-çoragidagi ötkazmalar hajmi 1-çorakka nisbatan 16 foizga oşgan.
Tölov tizimida asosan Rossiya va MDH davlatlari örtasida va Rossiya böylab tölovlar amalga oşirilib, ularning uluşi 70 foizdan sal kamroqni taşkil qilgan.
Rossiyadan eng katta hajmdagi ötkazmalar Özbekiston, Tojikiston, Armanistonga amalga oşirilgan. Rossiyadan uzoq xorij davlatlaridan Isroil, Boltiqböyi davlatlari va Turkiyaga eng köp miqdorda pul ötkazmalari yuborilgan.
Kompaniyada raqobatçilar örtasida pozitsiyaning mustahkamlangani körsatildi.
UNIStream’da pul ötkazmalaridan taşqari, tölov operatsiyalari ham katta miqdorda amalga oşirilgan. Joriy yilning birinçi yarmida transaksiyalar miqdori 2014 yilning birinçi yarmiga nisbatan 2 martaga oşgan.
Kompaniya ma'lum qilişiça, tizimda yuridik şaxslar uçun tölov xizmatlari faol rivojlantirilmoqda. “Kompaniya bugun öz oldiga qöyayotgan maqsad – jismoniy va yuridik şaxslar uçun universal tölov vositasini yaratişdan iborat”, deyilmoqda kompaniya xabarida.






