Guliston–Böka–Angren–Qöqon va Andijon orqali qöşni Qirğiziston Respublikasining Öş şahriga olib boruvçi avtomobil yölining Farğona halqa yöli bilan tutaşmasi, ya'ni Andijon xalqaro aeroporti röparasidagi transport yeçimi, köprik ta'mirlandi. Bu haqda telegraf naşri xabar bergan.

40 yil oldin qurilgan, umumiy uzunligi 420 metr bölgan mazkur köprikning kengligi 12,5 metr bölib, ta'mirdan söng 24 metrga yetkazildi. Jumladan, 912 dona temir-beton qoziqlar qoqildi, 24 juft tayanç ustunlari va rigellar, 175 dona 16,7 pm uzunlikdagi balkalar, 840 pm temir beton ğildirak qaytargiçlar örnatildi. 1700 m.kub betonlaş işlari bajarildi. 1500 tonna asfalt qoplama yotqizildi. Har ikki yonboşidagi piyodalar yölakçalari yuriş uçun qulay holatga keltirildi. Zamonaviy yoritgiçlar örnatildi.

Mazkur inşootning umumiy loyiha qiymati 24,3 milliard söm qilib belgilangandi. «Ziyo kapital quriliş» MÇJ quruvçilari ta'mirlaşni 22,4 milliard söm qiymatda yakunlaşdi.

2013 yilning avgust oyida boşlangan ta'mirlaş işlarining foydalanişga topşiriliş muddati şu yilning 15 dekabrida edi. Quruvçilar ta'mirni muddatidan ilgari yakunlab, 1 noyabrda elga tortiq qilişmoqçi.