Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 15-16 oktabr kunlari Qozoğiston Respublikasida böldi va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining majlisida iştirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 16 oktabr kuni bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov özaro imtiyoz va preferensiyalar beriş, kelişilgan va samarali tarif siyosatini yuritiş, şuningdek, özaro manfaatli yangi transport yönalişlarini işlab çiqiş va rivojlantiriş orqali transport kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş MDH ahamiyatini belgilaydigan eng muhim omillardan ekanini ta'kidladi.
Şu bilan birga, şuni ham qayd etiş joizki, sobiq ittifoq makonida boşqa davlatlararo tuzilmalarning paydo bölayotgani tufayli MDH Davlat rahbarlari kengaşi va uning boşqa organlari majlislari aksariyat hollarda umumiy xarakterga ega bölib qolmoqda. Majlislarda körilayotgan masalalar köpinça bugungi kunda Hamdöstlik hududida yuzaga kelayotgan voqealarga deyarli daxli yöq va mohiyatan kundalik hayotdan ança yiroqdir.
Özbekiston Prezidenti bunga uşbu uçraşuvni misol qilib keltirdi. Uning kun tartibiga köp tomonlama hamkorlikning turli sohalariga doir umumiy xarakterdagi murojaat qiliş, bayonot beriş, kelişuv komissiyalarini tuziş, qabul qilingan qarorlar ijrosi töğrisida axborot beriş kabi u qadar ahamiyatli bölmagan masalalar kiritilgan. Yuzaga kelgan vaziyatdan çiqişning yöli şundaki, uşbu davlatlararo birlaşmalarning har biri, MDH va Yevroosiyo ittifoqi öz kun tartibi va harakat dasturiga ega bölişi, bir-birini takrorlamasligi, aksinça, töldirişi darkor.






