Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 16 oktabrda keng muhokamaga sabab bölgan xabarlarni takroran havola etamiz.
“Vazir bölsam, seni otib taşlayman”: Nikolay Lukaşenko haqida nima bilamiz?>>

2015 yilning 11 oktabr kuni Belarusda navbatdagi prezident saylovlari bölib ötdi. Aleksandr Lukaşenko yana prezident etib saylandi. U mazkur lavozimga 1994 yilda ilk marotoba kelgan.
AQŞda özini MRB xodimi deb taniştirib yurgan erkak qölga olindi>>

Federal hukumat 62 yoşli Ueyn Simmonsni hibsga oldi. Huffington Post naşrining yozişiça, u özini ekspert va Markaziy razvedka byurosining sobiq xodimi sifatida taniştirib yurgan.
Beylning agenti Ronalduni «eng yaxşi iç kiyim sotuvçisi» deb ataganini inkor etdi>>

"Real" klubi yarim himoyaçisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett madridliklar hujumçisi Kriştianu Ronaldu haqida matbuotda yozilayotgan gaplarni inkor etdi.
Sirğali avtomobil bozoridagi Spark va Matiz narxlari örganildi>>

Toşkentdagi Sirğali avtomobil bozorida 29 ming km masofa bosgan Chevrolet Spark (2013 y) maşinasi 7200 dollarga sotilmoqda.
Sobiq ittifoq IBM bosma maşinkalari orqali AQŞ diplomatlari ortidan kuzatgan>>

“Sovuq uruş” zamonlarida Sobiq ittifoqning maxsus xizmatlari AQŞlik diplomatlar ortidan IBM Selectric bosma maşinkalarida terilgan matn haqida ma'lumot yiğuvçi, oddiy közga körinmaydigan “juçok” orqali kuzatganlar. Bu qurilma, ehtimol, tarixdagi birinçi keylogger (kompyuter klaviaturasida kiritilayotgan axborotni kuzatuvçi dastur, qurilma) sifatida e'tirof etilmoqda. Bu haqda Ars Technica naşri xabar bermoqda.
Amerikalik diplomatlar paxta terimlarida özlarini özbekistonlik deb taniştirişdi>>

AQŞning Toşkentdagi elçixonasi xodimlari Qaşqadaryo viloyatidagi paxta dalalariga yöl olib, u yerda özlarini Özbekiston TIV xodimlari va OAV vakillari deb taniştirişdi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.
Qirğizistonlik “yiğlayotgan şahid”ning qarindoşlari farzandlarining yaxşi inson bölganini ta'kidlaşdi>>

“Yiğlayotgan şahid”ning qöporuvçilikni amalga oşirişga yöl olayotgani qayd qilingan videolavha butun dunyoni larzaga soldi. Qirğizistonning kiçik bir şahrida esa videoni körganlar uning “qahramon”iga qöşilib yiğlaşdi – marhum terrorçi ularning jigari bölib çiqdi.
Falastinliklar Yusuf payğambarga tegişli deya hisoblanuvçi qabrni yoqib yuborişdi>>

Isroilning Haaretz agentligi 16 oktabr kuniga ötar keçasi falastinliklar Iordan daryosining ğarbiy qirğoğida joylaşgan Nablus şahri yaqinidagi Yusuf payğambarga tegişli deya hisoblanuvçi qabrni Molotov kokteyli yordamida yoqib yubordi, deya xabar tarqatdi.
13 yoşli qiz Qozoğistondagi eng yoş onaga aylandi>>

Har yili Qozoğistonda 3 ming nafarga yaqin voyaga yetmagan qizlar turmuş quradi. 2015 yil birinçi yarimyilligida şifokorlar qariyb 2,5 ming holatda 18 yoşga tölmaganlarning homiladorligini qayd etişdi, ularning eng yoşi 13ga kirgan.
Su-30 qiruvçilari IŞIDning Iroqdagi pozitsiyalariga zarba bera boşladilar>>

Rossiya Iroqqa yetkazib bergan Su-30 qiruvçilari IŞIDning uşbu mamlakatdagi pozitsiyalariga zarba bera boşladi. Bu haqda Iroq armiyasining matbuot markazi Media War Cell xabar bermoqda.
OAV: Nemis razvedkasi AQŞ Davlat departamenti ortidan josuslik qilgan>>

Germaniya federal ma'lumotlar xizmati (BND) AQŞ Davlat departamentini kuzatişni yölga qöygan. Bu haqda Germaniyadagi Focus naşri xabar bergan.
Bloomberg: Rossiyaliklar AQŞni yomon köradi, lekin u yerga köçib ötişni xohlaydi>>

Levada-sentr ötkazgan sörovnoma natijalariga köra, rossiyaliklarning 70 foizi AQŞga salbiy munosabatda bölişiga qaramay, ularning katta qismi şu davlatga köçib ötişni xohlaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Misrlik aktrisa behayo filmlar körişga da'vat qilgani uçun sudga çaqirildi>>

Misrlik aktrisa Entissar al-Qahira Waalnas telekanali efirida uylanmagan yoş odamlar köproq behayo filmlar körişi lozimligini aytgani uçun sudda javob beradigan böldi. Bu haqda Independent naşri xabar bermoqda.
Xitoylik aktrisa gözal qiyofasidan şubhalanişgani uçun tibbiy körikdan ötdi>>
Anjyela Beybi taxallusi bilan maşhur xitoylik aktrisa Yan Vin Pekindagi Ruili şifoxonasi ayolning gözalligi tabiiy emas, deya e'lon qilganidan söng tibbiy ekspertizadan ötdi. Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.
Internetda AQŞ tomonidan dronlar qöllanilişiga doir ma'lumotlar paydo böldi>>
The Intercept naşri AQŞ tomonidan Afğoniston va Yamanda uçuvçisiz boşqariladigan uçiş apparatlari qöllanilişi haqidagi köplab maxfiy hujjatlarin oşkor qildi. The Wired naşrining yozişiça, bu ma'lumotlar “Ikkinçi Edvard Snouden” deb atalgan noma'lum informant tomonidan taqdim etilgan.
WT: Putin muhojirlar inqiroziga nuqta qöyişi mumkin>>

Rossiya prezident Vladimir Putin Suriyadagi ommaviy muhojirlik inqiroziga nuqta qöygan inson sifatida tarixda muhrlanişi mumkin, deb hisoblamoqda The Washington Times naşri.
Bloomberg: AQŞning uzoq uruşlari Obama ketgaç ham davom etadi>>
AQŞ prezidenti öz prezidentlik vakolati tugagunga qadar Amerika boşlagan ikki uruşni töxtatişga va'da bergandi. Ammo u ana şu va'dasidan birini ustidan çiqa olmaydi, şekilli, deb yozmoqda Bloomberg.






