Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 16 oktabr kuni röy bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Ğaroyibot: Internetda Xitoy osmonida “arvoh-şahar” manzarasi tasvirlangan video paydo böldi>>

Xitoyning Tszyansi va Guandun viloyatlari aholisi osmonda ğaroyib hodisaning guvohi bölişdi va buni kameralarga qayd qilişdi: osmonda bulutlar orasida suzib yurgan osmonöpar binolar tasviri körindi. Birinçi marta bunday holat oktabr boşida  Guandun viloyatining Foşan şahrida, bir neça kundan keyin esa Tszyansida kuzatilgan.

2016-2017 yilgi YeÇL finali Kardiffdagi "Millenium" stadionida ötkaziladi>>

UYeFA 2016/17 yilgi mavsum Yevrokuboklarning final öyinlari qaysi şaharlarda bölib ötişini e'lon qildi. Unga köra, 2017 yilgi YeÇL final uçraşuvi Uels poytaxti Kardiff şahridagi 74 500 tomoşabinga möljallangan “Millenium” stadionida bölib ötadi.

National Geographic Özbekistonning toğ manzaralarini e'lon qildi>>

Özbekistonlik fotograf Yevgeniy Diripaskin tomonidan tasvirga olingan fotosuratlarda Çimyon toğlari va tungi osmon manzaralarini köriş mumkin.

“Malika” savdo markazida planşet narxlari (2015 yil 14 oktabr)>>

Toşkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan planşetlar narxlari «Terabayt.Uz» saytida e'lon qilindi.

“Malika” savdo markazida telefon narxlari (2015 yil 14 oktabr)>>

Toşkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan smartfonlar narxlari «Terabayt.Uz» saytida e'lon qilindi.

MDH davlatlaridagi eng antiqa kaşfiyotlar>>

Sobiq Ittifoq davlatlarining olimlari tomonidan oxirgi yillarda taqdim qilingan eng antiqa kaşfiyotlar röyxati e'lon qilindi.

AQŞ qamoqxonalarida çöçqa göşti taqiqlandi>>

Baraka Obama (Barak Obama) ma'muriyati mamlakat qamoqxonalari menyusidan çöçqa göştini olib taşlaş haqida qaror qabul qildi deb yozadi muxlis.uz sayti. 

VIDeO: Nazarboyev u bilan selfi tuşmoqçi bölgan milliarderni çetga surib taşladi>>

Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengaşining yiğilişi çoğida qozoğistonlik milliarder va diplomat Bölat Ötemuratovni noqulay vaziyatga solib qöydi.

Xitoy dollar milliarderlari soni böyiça birinçi marta AQŞdan ötib ketdi>>

Oxirgi yil içida Xitoyda dollar milliarderlari soni 242 nafarga köpaydi – endi bu davlatda 1 mlrd dollardan köproq mablağga ega bölgan 596 nafar odam yaşamoqda. Xitoy uşbu körsatkiç evaziga birinçi marta AQŞdan ötib ketdi. Hozirda AQŞ da 537 nafar milliarder yaşamoqda. 

Avstraliyada Malayziya sultoni uçun karovat va oşxonasi bor yuk maşinasi tayyorlandi>>

Avstraliyaning Brisben şahrida Malayziya sultoni Ibrohim Ismoil uçun möljallangan haşamatli yuk maşinasi yaratildi. Bu maşina 15 oktabr kuni ötkazilgan King George Square şousi vaqtida namoyiş etilgan.

Plutonga sayyora maqomi qaytarilişi mumkin>>

NASA olimlari Science jurnalida Pluton mitti sayyorasi haqida New Horizons missiyasidan olingan dastlabki tadqiqotlar asosida olingan ma'lumotlar asosidagi tahlilni e'lon qildi. Kaşfiyotlardan biri yupqa atmosfera böldi.

Yevgeniy Leonovning Mosfilm köçasidagi haykali öğirlab ketildi>>

Rossiyalik taniqli aktyor Yevgeniy Leonovning Mosfilm köçasida örnatilgan haykali noma'lum şaxslar tomonidan öğrilab ketilgan. Bu haqda Moskva şahar içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Hindiston ştatlaridan birining rahbari hududdagi musulmonlarni mol göşti iste'mol qilişni töxtatişga çaqirdi>>

Hindistonning Xaryana ştati rahbari Manoxar Lal Kxattar hududda istiqomat qiluvçi musulmonlarni mol göşti iste'mol qilmaslikka çaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Afrikada sönggi 30 yillikdagi eng yirik fil ov qilindi>>

Germaniyalik ovçi Zimbabvening janubi-şarqidagi Gonarajye milliy boğida yaşayotgan ulkan va keksa filni otib öldirdi. The Daily Telegraph naşrining aniqlik kiritişiça, bunday yirik fil oxirgi marta bundan 30 yil muqaddam ovlangandi.

Microsoft öz noutbuklarini çegirma asosida sotadi>>

Microsoft öz noutbuklarini kompaniyaning rasmiy dökonlarida eski leptoplarni almaştiriş evaziga çegirma asosida sotmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilingan.

Mitingda şaxdam qadam taşlab çopayotgan falastinlikning surati internetda memga aylandi>>

Falastinlik huquqşunoslar uyuştirgan namoyiş iştirokçilaridan biri namoyişçilarga nisbatan közdan yoş oqizuvçi gaz qöllangaç, xavfdan oyoqlarini yuqori kötarib qoçişga tuşadi va bu lahza tasvirga tuşadi.