16 oktabr kuni Şvetsiyaning janubiy viloyati Krunubergda joylaşgan Yungbyu kommunasidagi sobiq maktab örnida taşkil etilgan qoçqinlarni qabul qiliş punktida yonğin yuz bergan. Bu haqda TT agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinişiça, bu punktda 80 nafar qoçqin kelişi uçun şaroitlar tayyorlab qöyilgan, karovat va töşamalar örnatib bölingandi.

Yonğin tufayli jabrlanganlar yöqligi aytilgan.

Ayni vaqtda bu hududda tegişli idoralar vakillari vaziyat tafsilotlarini örganişmoqda.

Politsiya bu yonğin qasddan amalga oşirilgani mumkinligi böyiça tekşiruv ötkazmoqda.
Qayd etiş kerakki, Şveytsiya joriy haftada rekord miqdordagi qoçqinlarni qabul qildi.

Bolqondagi uruş vaqtida, 1992 yili qirollikka 84 ming 18 nafar qoçqin kirib kelgandi.

Joriy yilning 9 oyida esa bu körsatkiç 86 ming 223 nafarni taşkil etdi.
Boş vazir Stefan Lyovenning aytişiça, mamlakatdagi muhojirlar soni 150 ming nafarga yetişi mumkin. Şvetsiya aholisi esa 9,5 mln nafarni taşkil etadi hamda Şvetsiya YeIda qoçqinlar uluşi nisbatan eng köp bölgan davlatga aylanadi.