15-16 oktabr kunlari Toşkent şahrida taşkil etilgan XI Xalqaro Özbekiston paxta va töqimaçilik yarmarkasida 700 ming tonna Özbekiston paxta tolasini sotib oliş, mamlakatimizda işlab çiqarilgan töqimaçilik mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça 800 million AQŞ dollaridan ziyod miqdordagi şartnomalar imzolandi.

Bu galgi Xalqaro Özbekiston paxta va töqimaçilik yarmarkasiga ham jahon paxta va töqimaçilik bozorining yetakçi vakillari istiqboldagi masalalarni muhokama etiş hamda özaro manfaatli şartnomalar tuziş uçun taşrif buyurdi. Joriy yilda unda qirqdan ortiq davlatdan 1000 dan ziyod firma va kompaniya mutaxassislari iştirok etdi.

Ular Özbekiston va dunyoda paxta tolasi işlab çiqariş, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytiriş kabi paxta sanoatiga taalluqli köplab masalalarni muhokama qilib, özaro manfaatli şartnomalar tuzdi.

Yarmarka doirasida ötkazilgan konferensiyada Özbekiston dunyoda paxta yetiştiriş böyiça oltinçi, eksport qiliş böyiça beşinçi örinda turişi ta'kidlandi. Joriy yilda ham paxtakorlarimiz möl hosil yetiştirdi.

Işlab çiqariş quvvatlarining modernizatsiya qilinib, texnik jihatdan yangilab borilayotgani, taşqi bozorda mahsulot raqobatbardoşligini ta'minlaydigan xalqaro sifat standartlari va texnik reglamentlarning tizimli asosda joriy qilinayotgani bu boradagi muhim yutuqlardandir. Sohada amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar har yili 3 million tonnadan ziyod paxta xomaşyosi tayyorlaş imkonini bermoqda.

«Özpaxtasanoat» uyuşmasi va «Sifat» markazining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli paxta tolasi va tayyor paxta mahsulotlarini tasniflaş tizimining takomillaştirilayotgani tola sifatini oşirişda muhim omil bölib xizmat qilayotir. Bremen paxta assotsiatsiyasi va Paxta böyiça xalqaro maslahat qömitasi a'zosi bölgan “Sifat” Özbekiston paxta tolasini sertifikatlaş markazi yurtimiz dalalarida yetiştirilgan paxta tolasini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy HVI tizimi yordamida sertifikatlamoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda paxta zavodlarini modernizatsiya qiliş jarayoni davom ettirilib, zamonaviy uskunalar joriy qilinmoqda, yangi korxonalar işga tuşirilmoqda. Xalqaro talablarga muvofiq, paxtani polietilen lentalar va yumşoq konteynerlarni qöllagan holda toylaşning yangi tizimiga ötilmoqda.
Şuni ta'kidlaş kerakki, mamlakatimizda töqimaçilik sanoatini yanada rivojlantiriş, paxta tolasini qayta işlaşni kengaytiriş va yuqori qöşimça qiymatga ega tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir.

Masalan, 90-yillarda paxta tolasini qayta işlaş hajmi atigi 7 foizni taşkil qilgan bölsa, sohada amalga oşirilayotgan izçil çora-tadbirlar samarasida bugungi kunda bu körsatkiç 40 foizdan oşdi. Yaqin kelajakda bu körsatkiçni 60 foizga yetkaziş rejalaştirilayotir.

Paxtani qayta işlaş bilan bir qatorda şoyi va gilam töqiş sohasi ham rivojlanmoqda, tayyor trikotaj va tikuvçilik buyumlari, matolar, paypoq va boşqa mahsulotlar işlab çiqariş hajmi oşmoqda.

Özbekiston yalpi içki mahsulotida töqimaçilik sanoati uluşi muntazam ortib borayotir. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan qariyb uç mingta yengil sanoat korxonasining 312 tasi “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi. Ularning yuzdan ortiği yarmarkada öz mahsulotlarini namoyiş qildi. “Ideal” brendi ostida yuqori sifatli mahsulotlar işlab çiqarayotgan “Istiqlol tekstil dizayn” mas'uliyati çeklangan jamiyati ham yarmarkaning faol iştirokçilaridan. Namangan viloyatidagi zamonaviy korxonalardan bölgan uşbu jamiyat içki va taşqi bozorga ellik turdan ziyod kiyim-keçaklar yetkazib bermoqda.

“Istiqlol tekstil dizayn” mas'uliyati çeklangan jamiyatining logistika böyiça menejyeri Rustam Rahimovning sözlariga köra, korxona mahsulotlarining qariyb 50 foizi eksport qilinmoqda. An'anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan Xalqaro Özbekiston paxta va töqimaçilik yarmarkasida iştirok etiş korxonaning eksport salohiyatini oşiriş imkonini berayotir. Joriy yilda korxona Rossiyaning “Stil M” töqimaçilik kompaniyasi bilan Hamkorlik töğrisidagi memorandumni imzoladi.

Toşkent viloyatida joylaşgan “Plasteks” qöşma korxonasi kalava, Jizzax viloyatidagi «Jizzax Plasteks» qöşma korxonasi sur ip va trikotaj polotno eksport qilmoqda.

– Yarmarkada nafaqat işlab çiqarilayotgan mahsulotlar, balki yangi loyiha – Böstonliq tumanidagi kalava işlab çiqaradigan fabrikani ham taqdim etdik, – deydi “Plasteks” qöşma korxonasi menejyeri Abror Roziqov. – Işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning katta qismi Xitoy, Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. Yarmarkada kalava va polotno yetkazib beriş böyiça umumiy qiymati qariyb 30 million dollarlik şartnoma tuzdik.

Yana şuni ta'kidlaş joizki, bu galgi Xalqaro Özbekiston paxta va töqimaçilik yarmarkasi iştirokçilarni joriy yildan amalga oşiriş boşlangan istiqbolli investitsiya loyihalari bilan taniştiriş imkonini berdi.

Xususan, Özbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya Prezidentlarining uçraşuvlari davomida erişilgan kelişuvlar doirasida “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirayotgan öquv-tadqiqot töqimaçilik texnoparki loyihasi iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.

Mutaxassislarning fikriça, mazkur texnoparkning taşkil etilişi Özbekistonda töqimaçilik işlab çiqarişini rivojlantiriş va uning raqobatbardoşligini oşiriş uçun ilmiy hamda texnologik resurslardan yanada samarali foydalaniş imkonini beradi.

Yarmarkaning xorijlik iştirokçilari Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyorligi va bundan manfaatdorligini bildirdi. Ular mamlakatimiz hududlarining investitsiya salohiyati va töqimaçilik sohasini rivojlantiriş böyiça yangi loyihalar taqdimot marosimlarida iştirok etdi, şuningdek, Toşkent viloyatidagi «Özbekiston» paxtani qayta işlaş zavodi, “Toşkent-tola” paxta terminali va «Özteks-Çirçiq» töqimaçilik korxonasi faoliyati bilan tanişdi.