17 oktabrda “Barselona” Ispaniya Primerasining 8-turida öz maydoni “Kamp Nou”da “Rayo Valekano”ni 5:2 hisobida tor-mor etdi. “Rayo Valekano” özining ketm-ket uçinçi mağlubiyatiga uçradi.
“Barsa” safida Neymar 4 ta gol urib, poker qayd qildi. Neymar bu gollardan ikkitasini penaltidan kiritdi. Yana bitta golni öz hisobiga Suares yozib qöydi. Mehmonlar safida Xavi Gerra va Xosabed özlarini körsata olişdi.
E'tiborlisi, Neymar "Barsa" safida özining ilk pokeriga erişdi hamda 21-asrda klub safida buni amalga oşira olgan 4-öyinçi böldi. Neymargaça klub safida pokerga Lionel Messi, Samuel EtöO va Patrik Klyuyvert erişgan.
“Barsa” şu ğalaba evaziga oçkolar soni böyiça “Real”ga yetib oldi, endi ikkala klubda ham 18 oçkodan bor. 7 oçkoga ega “Rayo Valekano” musobaqa jadvalining 15-örinidan joy olmoqda. Tur natijalariga köra “Barsa” va “Real”dan 2 oçko ortda qolayotgan, biroq bitta öyin kam öynagan “Vilyarreal” ötib ketişi mumkin.
Ispaniya Primerasi. 8-tur
Barselona – Rayo Valekano – 5:2
Gollar: Gerra, 15 (0:1); Neymar, 22 (1:1, pen); Neymar, 32 (2:1, pen); Neymar, 69 (3:1); Neymar, 70 (4:1); Suares, 77 (5:1); Xosabed, 86 (5:2).






