AQŞning eng asosiy ittifoqçilari oxirgi xalqaro voqealar ortida Vaşingtonga emas, Moskvaga murojaat qilmoqda, deb yozmoqda  Foreign Policy jurnali muxbiri Den de Lyuk.

Maqola muallifining fikriça, Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri, şahzoda Muhammad ibn Salmonning Soçiga taşrifi Yaqin Şarqdagi vaziyat qançalik özgarganini körsatadi. “Mintaqadagi nufuzli şaxs” mavqesi Barak Obamadan Vladimir Putinga ötmoqda.  Jurnalist “Saudiya Arabistoni va Fors körfazining boşqa davlatlarining yuqori darajadagi delegatsiyalari Oval kabinet (AQŞ prezidenti işçi xonasi) emas, balki Putin eşigini qoqayotganini” ta'kidlab ötdi.

Muallifning fikriça, Saudiya Arabistoni mudofaa vazirining Rossiyaga taşrifi Saudiya Arabistoni ikki davlat sa'y-harakatlarini IŞIDga qarşi kuraşga birlaştiriş evaziga Suriya prezidenti Başar Asadning hokimiyat tepasida köproq muddatga qolişiga kelişuvning imkoniyatini körib çiqayotgani haqidagi fikrni tuğdiradi. Biroq sobiq diplomatlar va çetki kuzatuvçilar bu safarga AQŞ ruxsat berdimi yoki bu Saudiya Arabistonining şaxsiy qarori böldimi, deb savol bermoqdalar