Afğonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatda xorijiy qöşinlarning bölişi faqatgina terrorçilikni kuçaytirganligini ta'kidladi.
AQŞ prezidenti Barak Obama yaqinda öz qöşinlarini Afğonistonda 2016 yildan keyinga ham qoldirişi mumkinligini aytib ötdi. 2016 yil oxiriga qadar bu yerda 9.8 ming harbiy qoladi, keyinçalik kontingent miqdori 5.5 ming kişiga qisqartiriladi.
“Afğoniston xalqi 14 yil muqaddam terrorçilikning yöq qilinişi va mintaqada tinçlik örnatilişiga umid qilib xorijlik askarlarni kiritişga rozi böldi. Ammo ularning bu yerda turişi nafaqat terrorçilikni yöq qilmadi, balki uning kuçayişiga olib keldi”, - dedi Karzay Khaama Press agentligiga bergan intervyusida.






