Latviyada faoliyat yuritadigan xalqaro The Baltic Course va “Otkrytyy gorod” jurnallarining elektron portallarida Özbekistonga bağişlangan materiallar çop etildi.
The Baltic Course jurnalisti mamlakatda investitsion iqlimni yaxşilaş yölida körilayotgan çoralar ötgan yili 4.5 mlrd dollar miqdoridagi mablağlarni çetdan jalb qiliş imkonini berganligini ta'kidlab ötdi.
“Bugungi kunda Özbekistonning raqobatbardoşligi va ustunligini xorijiy kapital iştirokida taşkil etilgan mingdan ortiq korxonalar baholaş imkoniga ega böldilar. Ular orasida butun dunyoga maşhur General Motors, MAN, Knauf, Itochu, Rieter, Klaas, Nestle, Coca-Cola, Kogaz, Sasol, Ariston, CNPC, Indorama, Gazprom, Lukoil, LG, Lotte, Sumitomo, Korea Telecom singari korporatsiyalar bor”, - deyiladi materialda.
Şuningdek, muallif mamlakatda siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik hukm surayotganini ta'kidladi. Xususan, keyingi 11 yil davomida Özbekistonda YaIM ösişi muntazam ravişda 8 foizdan oşayotganligi misol tariqasida keltirildi.
Bundan taşqari, Özbekiston dunyodagi energetik mustaqillikka erişgan kamdan-kam mamlakatlardan biri ekanligi ta'kidlandi.
“Respublika gaz, neft, kömir va uran zaxiralari böyiça kuçli önlikka kiradi, - deydi jurnalist. – Mamlakatda işlab çiqarilayotgan elektr quvvati rivojlangan mamlakatlarda sanoat ist'yemolçilari tölaydigan örtaça narxdan 4 barobar arzondir”.
“Otkrytyy gorod” jurnalining materialida esa Özbekiston mintaqadagi eng diversifikatsion iqtisodiyotga ega ekanligi ta'kidlandi. Şuningdek, Markaziy Osiyoda faqat Özbekistonda yengil avtomaşinalar, yuk maşinalari va qişloq xöjalik texnikasi işlab çiqarilişi eslatib ötildi.
Şuningdek, mamlakatning asosiy ustunliklaridan biri aholining köpligi, aholi orasida mehnatga layoqatli yoşlar köpçilikni taşkil etişi aytib ötildi.

Manba: jahonnews.uz