Qozoğistonda islom moliyasi prinsiplariga asoslanuvçi mahalliy tölov tizimini yaratiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy bank rahbari Qayrat Kelimbetov Olma-Otada bölib ötgan UnionPay Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi mintaqaviy hamkorlik böyiça konferensiya çoğida ma'lumot berdi.
Moliya sohasi taşqi ta'sirlar tahdidi ostida qolmasligi uçun milliy regulyator axborot va kiberxavfsizlik borasidagi işlarni jadallaştirmoqda, deb ta'kidladi Kelimbetov. Şu tadbirlar doirasida taklif qilingan “yagona universal hisob” loyihasi hukumat tomonidan ma'qullandi.
Aytilişiça, uşbu loyihada “Kazpoçta” idorasi bilan hamkorlik qilinadi.






