Sankt-Peterburgning Viborgsk tumanidagi avtojihozlar omborida yuzaga kelgan yonğin maydoni 10 ming kv.m.ga kengaydi, deb ma'lum qilmoqda Rossiya FVVning boş boşqarmasi.
Ma'lum bölişiça, ayni damda yonğin bartaraf etilgan.
Omborxonada maşina moyi suyuqligi va karton qutilarda maşina jihozlari bölgan.
Köp sonli guvohlar yonğinning surati va videolarini internetga joylaştirişgan.
Jabr çekkanlar haqda, ayni vaqtda, ma'lumotlar yöq.
Rossiya FVVning ta'kidlaşiça, yonğin zararli moddalarning me'yordan ortiq saqlangani uçun kelib çiqqan.






