Jahonning köplab yirik kompaniyalari Rossiya bozoridan öz biznesini olib çiqib ketişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Financial Times naşri yozmoqda.

Aytilişiça, kompaniyalar bunday işni amalga oşirganidan söng mamlakatda biznes muhiti yaxşilanişi kuta boşlaydi, bunga esa köp vaqt talab qilinişi mumkin.

Global Counsel agentligi ekspertlari guruhi Rossiya bilan hamkorlik qiluvçi 46 yirik xalqaro kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari bilan tanişib çiqişdi. Bular orasida VR, Royal Dutch Shel, Siemens, Lafarge, Deutsche Bank singarilarning hujjatlari bor.

Tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, kompaniyalarning aksariyat qismi Rossiya iqtisodiyotining yomonlaşuvini başorat qilmoqda va şunga yaraşa çoralar körmoqda.

“Keyingi 18 oy bu borada hal qiluvçi davr bölişi mumkin”, - deb ta'kidlab ötdi ekspertlardan biri.