Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanidagi kollejlardan biridagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasini ijraga olib yuritayotgan tadbirkordan 150 ming söm pora olgan taftişçilar qölga olindi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Aytilişiça, Jizzax viloyat Xalq deputatlari viloyat kengaşining doimiy komissiyasi işçi guruhi sobiq a'zolari Kimsanbek Jamilov va Abdulxay Adaşevlar xususiy tadbirkorni qörqitib, uning işida kamçiliklar köpligini aytişgan hamda ularni “yopib yuboriş” uçun undan 50 ming, keyinroq 150 ming söm talab qilişgan.
Mazkur holat böyiça iş qözğatilib, taftişçilar javobgarlikka tortildi. Ular öz mansablaridan ozod qilindi.






