Oliy Ligada 26-tur boşlanay deb turgan pallada PFL rasmiy sayti 25-tur uçraşuvlari qaydnomalarini omma e'tiboriga havola etd.

Unga köz yugurtirarkan, kişi e'tiborini uçraşuvlarga taşrif buyurgan muxlislar soni tortadi, albatta. Ma'lum bölişiça, 25-tur uçraşuvlari doirasida eng köp tomoşabin “Buxoro” – “Şörtan” öyiniga keldi. Mazkur matçni bevosita stadiondan turib 10561 tomoşabin kuzatib bordi. Qolaversa, “Dinamo” – “Bunyodkor” töqnaşuvini 10 mingdan ziyod tomoşabin kuzatdi – 10056.

Eng kam muxlis taşrif buyurgan öyin sifatida esa “Paxtakor” – “Söğdiyona” bahsi qayd etildi. Mazkur öyinni tomoşa qiliş uçun “Paxtakor” satdioniga 982 nafar tomoşabin kelgani ma'lum böldi.

Oliy Liga, 25-tur öyinlariga kelgan tomoşabinlar:
«Buxoro» (Buxoro) – «Şörtan» (Ğuzor) – 2:2. 10561 tomoşabin.
«Dinamo» (Samarqand) – Bunyodkor» (Toşkent) – 1:1. 10056 tomoşabin.
«Qizilqum» (Navoi) – «Maş'al» (Muborak) – 2:3. 8315 tomoşabin.
«Qöqon-1912» (Qöqon) – «Lokomotiv» (Toşkent) – 2:2. 8103 tomoşabin.
«Nasaf» (Qarşi) – «Neftçi» (Farğona) – 1:0. 6173 tomoşabin.
«Andijon» (Andijon) – «Metallurg» (Bekobod) – 1:0. 3311 tomoşabin.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Navbahor» (Namangan) – 2:1. 1810 tomoşabin.
«Paxtakor» (Toşkent) – «Söğdiyona» (Jizzax) – 3:1. 982 tomoşabina.

Manba: Sports.uz