Koreya respublikasi va KXDR 1950-1953 yillardagi uruşdan söng ajralib ketgan oilalarning navbatdagi raund uçraşuvlarini ötkazişga tayyor. Bu haqda 19 oktabr kuni Xalqaro qizil xoç qömitasi vakili ma'lum qildi.
“Sokçxo şahri hududiga 395 kişi yiğilgan bölib, ular 20 oktabr kuni Şimoliy Koreyaga u yerda yaşayotgan qarindoşlari bilan uçraşiş uçun yuboriladi”, - deya qayd etdi u. Uning sözlariga köra, uçraşuvlar ikki bosqiçda taşkil etilib, ajraşib ketgan oilalar a'zolari kuniga ikki soatdan jami olti soat davomida suhbat qurişlari mumkin.
Sönggi marta 2014 yilda uşbu oilalar uçraşuvi taşkil etilgan edi. Şimol va janub koreys davlatlarida yaşayotgan qarindoşlar bir-birinikiga mehmonga boriş, xat orqali xabarlaşiş, qönğiroqlaşiş yoki internet orqali muloqot quriş imkoniyatiga ega emas.
Ayni paytda 68 ming nafardan ziyod janubiy koreyaliklarning KXDRda qarindoşlari qolib ketgan. Ularning aksariyati qarindoşlarini 1953 yili 38- parallel şimolida qolgan yaqinlarini biror marta ham körmagan. 2014 yilgi uçraşuv iştirokçilari esa tasodifiy lotoreya öyini orqali tanlangan.






