Rossiya televideniyesida efirga uzatiladigan “Jit zdorovo!” körsatuvi boşlovçisi Yelena Malişeva yil oxirigaça Moskvada öz brendi ostida klinika oçadi, deb xabar bermoqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Vademecum tibbiy naşri.
Yangi klinikada parhezşunoslik, oğriqni davolaş va taşxis qöyiş işlari amalga oşiriladi. Qayd etilişiça, bu loyihaning hozirça ikki investori bor – Malişevaning özi va AQŞlik tadbirkor Dmitriy ŞÇiglik.
Ma'lum qilinişiça, markaz jamoasiga Malişevaga körsatuvni olib borişda yordam beradigan şifokorlar kiradi. AQŞda faoliyat yurituvçi professor-anesteziolog Mark Galperin klinikaning yuzi böladi.
“Afsuski, Rossiyada oğriqni davolaş hozirda heç qança rivojlanmagan. Ğoya şundan iboratki, men AQŞdagi amaliyotimda foydalanadigan texnologiyalarni klinikada tatbiq etmoqçiman, ulardan rossiyalik bemorlar foydalanişlariga imkon yaratmoqçiman”, deb aytmoqda Galperin.
Yelena Malişeva Rossiyaning Birinçi kanalida 1990-yillarning oxirlaridan “Zdorove” körsatuvini olib borgan, 2010 yildan esa “Jit zdorovo!” körsatuvini olib boradi. U isroillik kardiolog German Gandelman, nevrolog va manual terapevt Dmitriy Şubin hamda pediatr va immunolog Andrey Prodeusni öziga yordamçi boşlovçilar sifatida taklif etgan.






