Rossiya poytaxti Moskva şahrida IŞID jangarilari safiga odam yollaş bilan şuğullanganlikda ayblanib 10 kişi qölga olindi, deya xabar bermoqda «Interfaks».
Bu haqda tegişli tuzilmadagi axborot manbasi xabar qildi.

«Ötkazilgan profilaktika tadbirlari doirasida, şuningdek, olingan tezkor axborotga asoslanib Moskva hududida radikal taşkilotlar, xususan IŞID safiga aloqador bölişi mumkin bölgan 10 nafardan ziyod kişi – Markaziy Osiyo, jumladan, Tojikiston fuqarolari qölga olindi”, — dedi u.

Qayd etilişiça, Moskva janubi-şarqidagi “Dubrovka” savdo markazida qölga olingan.