Qaşqadaryo viloyat sudi Özbekistonning ikki fuqarosi ustidan faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir al Islomiy” ekstremistik taşkiloti tarğiboti bilan şuğullangani sababli yetti va beş yil muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar berdi sud vakili.
Tergov materiallariga köra, Şahlo Qudratova va Nilufar Abdullayeva Özbekistondagi mavjud tuzumni qulatiş va xalifalik taşkil etişga tarğib qilib kelgan.
Ekstremistik taşkil faollari öz işida faoliyatini kengaytiriş hamda yangi tarafdorlarni jalb etiş maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va internet, jumladan, WhatsApp mobil mesenjyeridan foydalanişgan.
Eslatib ötamiz, 1998 yilda Özbekistonda MDH mamlakatlari içida birinçi bölib “Hizb ut-Tahrir” a'zolariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan edi. 1999 yilda Toşkentda sodir etilgan portlaşlardan söng sobiq ittifoq davlatlari içida birinçi bölib Toşkentda ekstremistik taşkilotlar a'zolari keng kölamda qölga olina boşlandi.






