Suriyada örnaşib olgan terrorçilar yaqin kelajakda boşqa mintaqalardagi vaziyatni ham izdan çiqarişga intilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qömondonlik lavozimlariga tayinlangan zobitlarni qabul qiliş marosimida aytib ötdi.

“Suriya va Yaqin Şarqning bir qança mamlakatlarida platsdarm yaratib olib, terrorçilar öz ekspansiyalarini kengaytiriş, boşqa mintaqalardagi vaziyatni ham beqarorlaştiriş rejalarini qurişda davom etmoqda”, - uning sözlarini keltiradi RIA Novosti.

Aynan şu bois, Putinning fikriça, Rossiya Suriyada ötkazayotgan harbiy operatsiya muhim ahamiyatga egadir.