FIFA tomonidan 2015 yilning eng yaxşi murabbiyi bölişga nomzodlar ma'lum qilindi.

Bu borada ötgan mavsumda Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi bilan Yevropa Ligasi turnirida ğolib bölgan Unai Emeri asosiy da'vogar sifatida körilmoqda.

Uşbu mutaxassis ketma-ket 2 mavsum davomida bu turnir ğolibligini qölga kiritgani uning mukofotga ega çiqişi uçun asos bölişi aytilmoqda.

Emeri bilan yana 9 nafar murabbiy bu mukofot uçun kuraşadi.

Ular quyidagilar: Arsen Venger ("Arsenal", Angliya), Massimiliano Allegri ("Yuventus", Italiya), Karlo Ançelotti ("Real", Ispaniya), Loran Blan (PSJ, Fransiya), Xosep Gvardiola ("Bavariya", Germaniya), Luis Enrike ("Barselona", Ispaniya), Xorxe Sampaoli (Çili terma jamoasi boş murabbiyi), Diyego Simeone ("Atletiko", Ispaniya) va Joze Mourino ("Çelsi", Angliya).

Eng yaxşi murabbiy nomi ham "Oltin töp" sohibi kabi 2016 yilning 11 yanvarida ma'lum qilinadi.