Xitoy Laos bilan çegaradagi iqtisodiy hudud loyihasiga 200 mlrd yuan (31,4 mlrd dollar) investitsiya qilişni rejalaştirmoqda, deb ma'lum qildi 19 oktabrda Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi.
Yunnan viloyati rivojlaniş va islohotlar işlari böyiça qömitasi ma'lumotlariga köra, Sişuanbann-Day muhtor okrugida joylaşadigan Menla iqtisodiy hududi transport aloqasi, ta'lim, energetika, qişloq xöjaligi sohalaridagi 240 dan köproq turli loyihalarni birlaştiradi.
Hududning maydoni 4,5 ming kvadrat kilometrni taşkil qiladi. Hududni quriş avgustdan Yuysi-Moxan temir yöl liniyasini barpo qilişdan boşlangan. Ayni paytda Menla aeroportini quriş işlariga tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Temir yöl liniyasi va aeroport 2020 yilga qadar foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, hudud, şuningdek, Laosning Boten şahrini ham qamrab oladi. Xitoy va Laos örtasidagi iqtisodiy hudud ikki davlat örtasidagi iqtisodiyot, savdo va investitsiyalarning rivojlanişiga kömak berişi kerak.






