Özbekistonda oxirgi bir yarim yil içida kömir briketlari işlab çiqaruvçi 31 fabrika işga tuşirilgan. Ularning umumiy quvvati yiliga 240 ming tonna kömir işlab çiqariş layoqatiga ega, deb ma'lumot beradi “Özbekkömir” boş direktori Nosirjon Umarov.

2015 yilning 2 iyulidan boşlab respublikada kuçga kirgan tartibga köra, kömir faqat maxsus distribyutorlik markazlari orqali sotilib, ularning sekin-asta kömirga ötişi közda tutilgan.

Umarovning sözlariga qaraganda, fabrikalar Andijon, Namangan, Farğona, Toşkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğistonda taşkil etilgan.

2015 yilning 1 iyul holatiga köra, bir tonna kömir 133 800 söm, şunça miqdordagi briket narxi esa 238 ming söm qilib belgilangan.

2015 yilning yanvaridan buyon aholiga 183 ming tonna kömir, 27,5 ming tonna briket yetkazib berilgan.

“Özbekkömir” AJ har yili 4 mln tonna miqdorida kömir qazib oliş imkoniyatiga ega hisoblanadi.