Çempionlar Ligasi, guruh bosqiçi 3-turida Ye guruhi vakillari “Barselona” va “BATE” klublari Belarusning Borisov şahridagi “Borisov-Arena” stadionida uçraşdi. “Barsa” Ivan Rakitiçning dubli evaziga uçraşuvda 0:2 hisobida ğalabaga erişdi.

Çempionlar Ligasi. E guruhi. 3-tur
BATE (Borisov, Belarus) – Barselona (Barselona, Ispaniya) – 0:2
Gollar: Rakitiç, 48 (0:1); Rakitiç, 64 (0:2).

Guruhdan örin olgan 2-uçraşuvda “Bayyer” va “Roma” klublari uçraşdi. Öyin Leverkuzenda “Bayyor” stadioni “Bay-Arena”da murosasiz tarzda ötdi va 4:4 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. “Aspirinçilar” safida ikkita töpni Xaver Ernandes kiritdi, Kevin Kampl va Admir Mexmedi öz hisoblariga bittadan töp yozib qöyişdi. Mehmonlar safida ham Daniel De Rossi dublga erişdi, Mirolim Pyaniç va Yago Falke esa bittadan töp kiritdi.

Bayyer (Leverkuzen, Germaniya) – Roma (Rim, Italiya) – 4:4
Gollar: Ernandes, 4 (1:0, pen); Ernandes, 19 (2:0); De Rossi, 29 (2:1); De Rossi, 38 (2:2); Pyaniç, 54 (2:3); Falke, 73 (2:4); Kampl, 84 (3:4); Mexmedi, 86 (4:4).

Ye guruhida 3-turdan keyingi vaziyat quyidagiça köriniş oldi: 1. “Barselona” — 7 oçko; 2. “Bayyer” — 4; 3. BATE — 3; 4. “Roma” — 2.