AQŞ hukumati Iroqqa jangarilarga qarşi kuraş körsatilayotgan yordamni töxtatişi mumkinligidan ogohlantirdi. Agar Iroq IŞIDga qarşi kuraşda Rossiyadan yordam sörasa va Rossiya Iroq hududiga kirsa, AQŞ kömagidan mahrum böladi. Bu haqda AQŞ Qurolli kuçlari ştablari boşliqlari qömitasi rahbari Jozef Danfordga asoslanib, "Interfaks" xabar bergan.

"Men şuni aytişim kerakki, agar rossiyaliklar Iroq hududida harbiy amaliyotlar ötkazişni boşlasa, biz sizlarga yordam berişda davom etişimiz ilojsiz işga aylanadi", deydi Danford.

Uning aytişiça, amerikalik harbiylar Iroqda rossiyalik harbiylar bilan parallel ravişda harbiy amaliyotlar ötkaza olmaydi.

Biroz oldinroq, Danford Iroqqa IŞIDga qarşi kuraş muammosini muhokama qiliş uçun yöl olgani haqida xabar berilgandi.