2015 yilning noyabr oyida özbek estrada vakillari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari – Oybek Alimov hamda Nigora Ismoilovaning nikoh töyi bölib ötadi. Bu haqda kun.uz saytining işonçli axborot manbasi xabar qildi.

Axborot manbasining ma'lum qilişiça, ayni paytda yoş juftlik töy tayyorgarliklari bilan band. Ular birgalikda turli taşkiliy masalalarni hal etişmoqda.
Bundan avval ham uşbu juftlikning oila qurişi haqida köp marotaba miş-mişlar tarqalgan bölib, bu boradagi gaplar öz tasdiğini topmagan edi.

Mazkur masala yuzasidan san'atkorlarning ma'muriga qönğiroq qilganimizda, bu böyiça izoh bera olmasligini ma'lum qildi.

Xonandalar 2005 yildan buyon duet guruh sifatida hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. 2008 yilda ular “Nihol” davlat mukofotini qölga kiritişdi.

 

Suratlar Oybek va Nigoraning "Instagram" ijtimoiy tarmoğidagi sahifalaridan olindi