Fransiya Milliy assambleyasi deputati, Milliy assambleyadagi «Fransiya – Özbekiston» parlamentlararo döstlik guruhi raisi Filipp Myone rahbarligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, 20 oktabr kuni vazirlik rahbari Abdulaziz Komilov Myone boşliq delegatsiyani qabul qildi.
Parlament vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari deputatlari bilan hamda Taşqi işlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasida uçraşuv va muzokaralar ötkaziş uçun Toşkent şahriga taşrif buyurgan.
Suhbat çoğida Özbekiston-Fransiya muloqotining hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni qonuniy qöllab-quvvatlaşning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirişning istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuvda Fransiya elçisi Jak-Anri Els iştirok etdi.






