Suriyadagi Rossiya Qurolli kuçlari harbiylari orasida heç qanday yöqotişlar yöq, deb ma'lum qildi 20 oktabrda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boşqarmasi.

“Xorijiy OAVlarda Suriyada rossiyalik harbiylar halok bölgani haqida paydo bölayotgan xabarlar bilan boğliq holda şuni ma'lum qilamiz: Suriyadagi Rossiya Qurolli kuçlari harbiylari orasida heç qanday yöqotişlar yöq”, deb aytilmoqda xabarda.

Avvalroq Reyter agentligi “yuqori lavozimli hukumatdagi manba”ga iqtibos keltirgan holda Suriya armiyasining Lataqiyadagi pozitsiyalari öqqa tutilişi oqibatida uç nafar rossiyalik harbiy halok bölganini ma'lum qilgan.

Rossiyaning Damaşqdagi elçixonasida ham bu xabar inkor etildi va bu navbatdagi axboriy xuruj ekanligi aytildi.

Bir qator xorijiy OAVlar anonim manbalarga iqtibos keltirgan holda bir neça bor Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi davomida şunga öxşaş voqealar bölgani haqida xabar bergan, biroq ularning birortasi rasmiy tasdiğini topmagan.