Afğoniston xavfsizlik xizmati xodimlari 21 oktabrga ötar keçasi ötkazilgan harbiy amaliyotlar orqali 15 nafar jangarini yöq qildi. Bu haqda mahalliy hukumatdagi manbasiga asoslangan holda Sinxua agentligi xabar bergan.

"Tolibon jangarilari tomonidan Gurian uezdiga uyuştirilgan hujumga javoban ötkazilgan maxsus amalaiyot davomida 15 nafar jangari öldirildi", deydi Afğoniston IIV vakili Siddiq Siddiqiy.

Agentlik ma'lumotiga köra, uşbu harbiy amaliyot Afğoniston ğarbidagi Hirot viloyatida ötkazilgan. Jangarilar Gurian şahri hokimiyatining bir qança binolariga öt qöyişgan. Javob hujumidan keyin ular Eron bilan çegara hududiga çekinişgan.

Qayd etiş kerakki, Afğonistondagi vaziyat keyingi oylarda çigallaşib bormoqda. Avvallari toğli hududlardagi kiçik qişloqlarda faoliyat körsatgan "Tolibon" jangarilari endilikda katta şaharlarni egallab olişga harakat qilişmoqda.

Sentyabr oyi oxirida tolibonlar mamlakat şimolidagi 300 mingdan ortiq kişi yaşaydigan Qunduz şahrini egallab olgandi. Hukumat qöşinlari ularni surib çiqariş uçun 10 kundan ortiq vaqt davomida harbiy harakatlar olib borişdi. Şuningdek, jangarilar Ğazna şahriga hamda Kobul viloyatiga hujum uyuştirişgan.