Lockheed Martin kompaniyasi muhandislari yangi F-16V qiruvçisining dastlabki parvozini sinovdan ötkazdi, deya xabar qildi Defence News naşri. Parvoz 16 oktabr kuni yangi AESA radar tizimi bilan birgalikda amalga oşirildi.
Radar tizimidan taşqari, F-16V samolyotining uçuvçi kabinasiga yangi axborotlar displeyi, modernizatsiyalangan kompyuter sistemasi va boşqa innovatsiyalar bilan ta'minlangan.
Lockheed Martin F-16V modelini işlab çiqiş töğrisidagi rejasini 2012 yilda Singapurda bölib ötgan aviatsion körgazmada ma'lum qilgan edi. Yangi AESA radar tizimi harbiy samolyotga havo-havo va havo-yer böyiça kuzatuv olib borişga köproq imkoniyatlarni taqdim etadi.






