BMT Taraqqiyot dasturi va Yevrosiyo taraqqiyot bankining yangi e'lon qilingan qöşma hisobotida ta'kidlanişiça, yaqin vaqt içida Örta Osiyodan Rossiyaga keluvçi mehnat muhojirlarining miqdori faqat ösib boradi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlarida migratsiya, pul ötkazmalari va inson rivojlanişi” nomli hujjatda bu borada ayniqsa Tojikiston va Qirğizistondagi tendensiyalar jiddiy ekanligi ta'kidlandi. Muhojirlarning pul yetkazmalari uşbu davlatlardagi YaIMning qariyb 50 foiziga tengdir.
Ta'kidlanişiça, bu boradagi eng muhim omil Rossiya va Örta Osiyo davlatlari daromadlardagi ulkan tengsizlikdir. Hatto inqirozdan söng ham Rossiyadagi maoşlar Örta Osiyodagiga nisbatan ança katta bölib qolmoqda.
Bundan taşqari, Rossiyadan söng halqa böylab mintaqa davlatlarida ham dollar kursining ösişi va pulning qadrsizlanişi kuzatilmoqda. Şu tariqa, Rossiyada işlab topilgan pullar mahalliy valyutaga ötkazilganda, ular oilani boqişga yetarli summaga aylanmoqda. Şu bilan birga, muhojirlarga ehtiyoj Rossiyada hamon kattaligiça qolmoqda. Çunki çet eldan kelayotgan muhojirlar rossiyaliklarning aksariyati ma'qul körmaydigan sohalarga özlarini urmoqda.
Yana bir omil – muhojirlar Rossiya mehnat bozorida “örtalik” vazifasini bajaradi. Ya'ni, işçi kuçiga talab ösişi, inqiroz yoki tuşkunlik hollarida ular birinçi bölib iş örinlarini yöqotadi.
Hisobot mualliflarining bir ovozdan ta'kidlaşiça, migratsiya sohasidagi siyosatni puxta öylab amalga oşiriş lozim.
Eldor Asanov tayyorladi






