BMTning Suriya masalasi böyiça maxsus elçisi Staffan de Mistura Vladimir Putin va Başar Asadning Moskvada bölib ötgan uçraşuvda Suriyadagi vaziyatni siyosiy yöl bilan hal etiş mavzusini muhokama qilganini iliq qarşi oldi, dedi maxsus elçining matbuot kotibi Jyessi Şain. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.
“BMT har doim Suriyadagi vaziyatni siyosiy yöllar bilan hal etiş tarafdori bölib kelgan. Maxsus elçi mazkur tomonga yönaltirilgan har qanday çoralarni qarşi oladi. U mazkur masala Moskvada muhokama etilganini töğri qabul qildi”, - dedi u.
21 oktabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Başar Asad işçi taşrif bilan Moskvaga kelgani haqida ma'lum qilgan edi.






