Kiyevning "Dinamo" jamoasiga "Çelsi" bilan uçraşuv vaqtidagi voqea tufayli qattiq jazo berilişi mumkin.
Jamoalarning "Olimpiyskiy" stadionida YeÇLning guruh bosqiçi doirasida 21 oktabr kuni ötkazilgan uçraşuvi vaqtida tribunada mahalliy muxlislar mehmonlarning qora tanli muxlisiga hujum uyuştirgan. Bu holat tasvirlangan video keça ingliz matbuoti böylab tarqaldi.
UYeFA FARE (Football Against Racism in Europe) böyiça tekşiruvlar ötkazişni boşlagan.
Qayd etilişiça, "Dinamo" muxlislarining şunday harakatlari "Bordo" va "Everton" jamoalariga qarşi uçraşuvlar vaqtida ham röy bergandi. Şu tufayli jamoaga nisbatan qattiq jazo tayinlanişi mumkin.
Kiyevliklar YeÇLda iştirokini davom ettirişdan mahrum qilinişi mumkinligi aytilmoqda.
Ba'zi xabarlarda esa, UYeFA jamoadan oçkolarni olib taşlaş bilan kifoya qilişi mumkinligi aytilgan. Kamida esa "Dinamo" keyingi uy öyinlarini muxlislarsiz stadionda ötkazadi.
Eslatib ötamiz, "Çelsi"ga qarşi uçraşuv oldidan Kiyev şahri köçalarida bir guruh niqoblangan şaxslar mezbon jamoa muxlislariga hujum uyuştirişgandi.






