Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 21 oktabr kuni röy bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Şukrullo Isroilov tönğiç öğlini uylantirdi>>

20 oktabr kuni özbekistonlik söz ustasi Şukrullo Isroilov özining tönğiç öğlini uylantirdi. Töy marosimi poytaxtimizdagi Osiyo Grand töyxonasida bölib ötdi.

Google xodimi kompaniya parkovkasidagi yuk maşinasida yaşayotgani ma'lum böldi>>

Google kompaniyasi dasturçisi Brendon işga joylaşgan çoğida San-Frantsiskoda qimmat turadigan uy ijaraga olmasdan, yuk maşinasi xarid qilişga qaror qildi. Business Insider naşrining xabar qilişiça, u maşinada yaşab keladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Avtotest” avtomaktabi haydovçisi yölda qöpol xatoga yöl qöygani suratlari paydo böldi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentda yaqinda öz faoliyatini boşlagan “Avtotest” innovatsion avtomaktabiga tegişli öquv maşinasi poytaxt köçalardan birida yöl örtasidagi bosiş taqiqlangan ikkita taqiqlovçi çiziqni bosib ötayotgani aks etgan suratlar çop etildi.

Britaniyalik ayol çiroqning topşiriğiga köra hamxonasini urib öldirdi>>

36 yoşli britaniyalik Şelli Kristofer özining 42 yoşli hamxonasi Riçardni vampir (ayrim xalqlar e'tiqodiga köra qon söruvçi arvoh)ga aylanmasligi uçun yoğoç töqmoq bilan 29 marta kaltaklagan. Uning Sofiya ismli qiziga ham olti marta zarba bergan. 

Manba: Noyabr oyida Oybek va Nigoraning nikoh töyi bölib ötadi>>

2015 yilning noyabr oyida özbek estrada vakillari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari – Oybek Alimov hamda Nigora Ismoilovaning nikoh töyi bölib ötadi. Bu haqda kun.uz saytining işonçli axborot manbasi xabar qildi.

Xitoyda öta kuçli muşaklarga ega mutant-itlar yetiştirildi>>

Tadqiqotlar doirasida XXR mutaxassislari dunyoda birinçi bölib jonivorlardagi miostatin – muşak töqimalari ösişi va differentsiyalanişiga ta'sir körsatuvçi oqsil işlab çiqarilişiga javobgar genni olib taşlaşdi.

Qölbola soat yasagani uçun hibsga olingan ösmir oilasi AQŞdan Qatarga köçib ötmoqçi>>

Texas ştatida qölbola soat yasagani uçun hibsga olingan ösmirning oilasi AQŞdan Qatarga köçib ötişga qaror qildi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.

Bill va Xillari Klinton: birgalikdagi turmuşning 40 yili>>

AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning turmuş örtoği, 2016 yilgi AQŞ prezidentligiga saylovlarda Demokratik partiyadan nomzod sifatida qatnaşayotgan Xillari Klinton birgalikdagi turmuşlarining 40 yilligini nişonlaşdi.

Durov Telegram messenjerining Eronda tösib qöyilişi jarayoni haqida aytib berdi>>

Telegram Eronda butunlay tösib qöyilgan. Bu haqda uşbu xizmat asosçisi Pavel Durov öz tvitterida ma'lum qilgan.

OAV: Roman Abramoviç Gvardiola bilan uçraşib, uni "Çelsi"da işlaşga taklif qildi>>

Angliyaning «Çelsi» klubining navbatdagi boş murabbiyi hozirda Germaniyaning «Bavariya» klubini boşqarayotgan Xosep Gvardiola bölişi mumkin. Bu haqda Guardian naşri xabar tarqatdi.

"Kelajakka qaytiş 2": 2015 yilning 21 oktabridagi başoratlarning bugungi qiyofasi>>

Mana, “Kelajakka qaytiş” filmi qahramonlari Martin va Dok borib qolgan 2015 yilning 21 oktabriga qadar yetib keldik.

BAA Formula-1ning navbatdagi bosqiçida poygaçi yöltanlamasni namoyiş etadi>>

BAAning Zarooq kompaniyasi özining birinçi modeli - Sand Racer poygaçi yöltanlamasini debyutga hozirlamoqda. Uning taqdimoti noyabr oyida Abu Dabidagi Formula-1 Gran-prisi paytida ötkaziladi.

Hyundai kompaniyasi Tucson krossoveri tomida çodir örnatdi>>

Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Tucson krossoverining navbatdagi versiyasini namoyiş qildi. Avtomobilning bu versiya SEMA tyuning-şousi uçun maxsus tayyorlangan. Sayohat qiliş ixlosmandlari uçun möljallangan maşina tyunerçi va fotosuratçi Jon Pangilinan bilan hamkorlikda yaratilgan. Avtomobil Adventuremobile (Sarguzaştlar avtomobili) deb nomlandi.

BlackBerrydan Android-smartfon: birinçi video>>

BlackBerry kompaniyasi YouTube videoxostingida özining birinçi Android-smartfoni Priv’ning rasmiy videoroligini joylaştirdi. Şuningdek, uning xarakteristkasi haqda ham ma'lumot berib ötdi.