“Kelajakka qaytib-2” filmidagi (1989) boğiçlari mustaqil boğlanadigan krossovka reallikka aylandi. Amerikalik aktyor, mazkur kartinada boş rol – Marti Makflayni ijro etgan Maykl Jyey Foks uning ilk sohibiga aylandi.

Bu haqda 22 oktabr kuni sport liboslari, oyoq kiyimlari va inventarlari işlab çiqariş sohasida yetakçi – Nike kompaniyasi ma'lum qildi.
Filmda aynan 2015 yilning 21 oktabr kuniga kelgan qahramon xuddi şunday xususiyatga ega kelajakdagi sport oyoq kiyimida yurgani tasvirlangan edi.

“Bugun Nike mazkur krossovkalarni ilk bor namoyiş etdi va ularni eng maşhur sohibi bölmiş Maykl Jyey Foksga sovğa qildi”, - deya xabar berdi kompaniya.
“Nike Mag krossovkalari özida odatiy boğiçlar tizimi va takrorlanmas dizaynni mujassam etib, pop-madaniyatning sönmas mayoğiga aylanadi”, - deya qöşimça qilingan xabarda.

Mahalliy kompaniyalarning yodga olişiça, 2009 yilda Nike Automatic Lacing System ("Boğiçlarning avtomatik tizimi”) nomi ostida öz mahsuloti uçun patent olgan edi.