Qatar taşqi işlar vaziri Holid al-Attiya Qatar Suriyaga qurolli intervensiya amalga oşirişi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Al-Attiya CNN telekanalining arab tilidagi versiyasi muxbirining savoliga şu tariqa javob bergan.
Al-Attiyadan Qatar Suriyada Rossiya operatsiyasi boşlangandan keyin Saudiya Arabistonining vaziyatga harbiy aralaşuvi borasidagi pozitsiyasini qöllab-quvvatlaşi borasida söraldi. “Biz Suriya xalqi va Suriyani barbod bölişdan himoya qiliş uçun saudiyalik va turkiyalik oğalarimizdan har qanday yordamimizni ayamaymiz”, deb aytdi vazir.
Agentlik, şuningdek, al-Attiyaning Qatar davlat axborot agentligi QNA tomonidan çop etilgan fikrini ham keltirib ötdi: “Agar qurolli intervensiya Suriya xalqini tuzumning beşafqatligidan himoya qilsa, biz buni amalga oşiramiz”, deb aytdi vazir.
Şu bilan birga, al-Attiya uning davlati Suriya ixtilofini siyosiy yöl bilan hal qilinişini afzal körişini aytgan.
Suriya TIV rahbari örinbosari Feysal Makdad öz navbatida Qatarning tajovuziga qat'iy javob berilişidan ogohlantirdi: “Agar Qatar Suriyaga harbiy aralaşuv tahdidini amalga oşirsa, unda biz buni töğridan-töğri tajovuz deb qabul qilamiz. Bizning javob qat'iy böladi”, deb aytdi Makdad.






