2015 yilning yanvar-sentabr pallasida Samarqand viloyatida odam savdosi bilan boğliq jinoyatlar hajmi 41.4 foizga qisqardi. Bu haqda viloyat prokurorining örinbosari Dilmurod Qosimov huquqni muhofaza qiluvçi organlar viloyat koordinatsion kengaşining kengaytirilgan yiğilişida aytib ötdi.
“Körilayotgan davr içida huquqni muhofaza qiluvçi organlarning birgalikda amalga oşirgan sa'y-harakatlari tufayli jinoyatlarning umumiy miqdori kamayişiga erişildi.
Xususan, qasddan amalga oşirilgan qotilliklar hajmi 7.9, öğriliklar 2.4, talonçilik 6.3, giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlar 7, inson savdosi 41.4, uyuşgan jinoyatçilik 2.7, voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar 7.8, ayollar sodir etgan jinoyatlar 9.3 foizga kamaydi”, - dedi u.






