Rossiyaning YHXDI (Yöl harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi) Surgut şahri böyiça boş boşqarma binosida avtomobili evakuatsiya qilinişiga javoban haydovçi öziga öt qöydi.

TASS naşri ma'lum qilişiça, bu voqea 22 oktabr kuni tongida röy bergan. Politsiyaçilar öz vaqtida olovni öçirişgan, haydovçi jiddiy jarohatlanmagan. Ayni vaqtda u şifoxonada.

YHXDI tomonidan ma'lum qilinişiça, 1 kun oldin uşbu haydovçi Mayakovskiy köçasida töxtatilgan, uning "Gazel" rusumli maşinasi jarima maydonçasiga olib kelingan. Politsiyaçilar bu maşina yölda harakatlaniş me'yorlariga javob bermaydigan holatda ekanini aytişgan, haydovçi esa aksinça fikrda bölgan.

Hodisani tekşiriş uçun tergovçi jalb qilingan.